Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Deputatlar faoliyati

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich hamda Muzrabot tumani hokimi – tuman Kengashi deputati Mamatqulov Abdulla Abdimo‘minovichlar birgalikda tumandagi mahallalarda aholining yashash tarzini, tadbirkorlik va dehqonchilik faoliyati bilan o‘zlarining oilaviy sharoitlarini yaxshilab borayotgan va bu borada barchaga o‘rnak bo‘layotgan fuqarolar xonadonlariga tanishish maqsadida tashrif buyurishmoqda.

Deputatlik faoliyat bo‘yicha tanishuvning navbatdagi manzili «At-Termiziy» mahallasi, 8-mart ko‘chasida istiqomat qiluvchi Bo‘riyeva Soliya opaning xonadoni bo‘ldi.

Ko‘cha oddiy. Darvoza oddiy. Ammo uni ochganingizda… siz butunlay boshqa dunyoga kirib qolasiz.

Bu — gullar dunyosi.

Soliya opaning xonadonida 80 dan ortiq turdagi gul ko‘chatlari parvarishlanadi. Har biri alohida e’tibor, alohida mehr bilan yetishtirilgan. Shu gullar orqali u daromad topyapti.

Opa tinib tinchimaydi. Faqat gulchilik bilan cheklanib qolmagan. U uyida chorva ham boqadi. Gullari uchun biogumusni ham o‘zi tayyorlaydi. Har bir ish — o‘z qo‘li bilan, o‘z mehnati bilan.

Deputatlar Soliya opaning faoliyati bilan tanishar ekan, bir narsani alohida ta’kidladi: bunday mehnatkash, tadbirkor ayollarning tajribasini butun mahallaga tarqatish kerak.

Chunki bunday insonlar — namuna.

Slide 1 of 8