Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Oltinsoy tumanida limonchilikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlashga qaratilgan issiqxona loyihasi faoliyati o‘rganildi

 Mazkur tadbirda Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulxakim Eshmuratov, senator Dilbar Suvonova, xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A. Turdiev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqovlar ishtirok etdilar. 

O‘rganish jarayonida issiqxonada limon yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalari, energiya tejamkor usullar va hosildorlikni oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar bilan yaqindan tanishildi. Mutasaddilar tomonidan loyihaning iqtisodiy samaradorligi, mahsulot yetishtirish hajmi, ichki va tashqi bozorlar bilan aloqalar hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 

Ta’kidlanganidek, ushbu loyiha nafaqat hududda limonchilik sohasini rivojlantirish, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi, ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish va hudud iqtisodiyotini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Mas’ullar tomonidan issiqxona faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

✍️ Oltinsoy tumani Kengash kotibiyati axborot xizmati  

Slide 1 of 7