Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan noqonuniy qurilish bartaraf etildi!
янв.21
Ekspert guruhi o‘rganishi: Ekologiya sohasidagi ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Депутат миллий либослар тўқиш ишлари билан шуғулланувчи ўқув маркази фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат миллий хунарманчилик билан шуғулланувчи усталар фаолияти билан шуғулланди.
янв.21
Deputat savdo do‘konlarida narxlarning barqarorligini, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va yaroqliligini nazorat qildi
янв.21
Депутат аҳолига ҳоким ёрдамчиси томонидан чорвачиликка берилган кредитлар ҳолатини ўрганди.
янв.21
Депутат аҳоли томорқаларидаги иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Ёшлар маркази қурилиши ҳолатини ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ezgu ishlar davom etmoqda!
INNO texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️INNO texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida Olmazor tumanida joylashgan “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif amalga oshirildi.

🔍 Mazkur tashrif doirasida ishtirokchilar hududda yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, innovatsion texnologiyalar hamda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida texnopark bosh direktori, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Akbarxon Sobirxonov tomonidan majmuaning faoliyati, infratuzilmasi va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

🚀 Ta’kidlanganidek, 2022-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “INNO” texnoparki bugungi kunda nafaqat poytaxt, balki respublika miqyosida innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlovchi yirik markazlardan biriga aylangan. Bu yerda yoshlar, olimlar va tadbirkorlar uchun o‘z loyihalarini amaliyotga joriy etish, startaplarni rivojlantirish hamda zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

⚙️ Tashrif jarayonida deputatlar ishlab chiqarish hududida bo‘lib, yuqori texnologiyali uskunalar asosida metall va yog‘ochga ishlov berish, polimer mahsulotlar ishlab chiqarish hamda turli mexanik jarayonlarni amalga oshirish imkoniyatlari bilan tanishdi. Shuningdek, robototexnika yo‘nalishidagi zamonaviy o‘quv-amaliy zonalar, jumladan elektronika laboratoriyalari, sanoat robotlari bilan jihozlangan maydonlar va robotlarni yaratishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

🤖 Shu bilan birga, texnopark mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazilib, qishloq xo‘jaligi texnikalari, dasturiy mahsulotlar hamda zamonaviy IT yechimlar yuzasidan ishlab chiqilgan ishlanmalar namoyish etildi. Tashrif yakunida esa “Robotics school” va “Robotics kids” maktablari direktori, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Fotima Mannapova tomonidan maktab faoliyati hamda “Avlod 5” dasturining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi.

🎓 Mazkur tashrif innovatsion infratuzilmani yanada rivojlantirish, yoshlarni ilm-fan va texnologiyalarga keng jalb etish, shuningdek, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10