Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining 12-Chortoq saylov okrugidan deputat B.Xolboev hududdagi savdo do‘konlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor qaratildi:
Narx-navoning barqarorligi
Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati
Savdo shoxobchalarida sanitariya holati
Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, aholining sog‘lig‘i va manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.