Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Ismoil Jumanazarov “Sarimoy” mahallasidagi umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, muassasaning sport zali holati hamda undagi mavjud sport inventarlarini atroflicha o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida sport zalining moddiy-texnik bazasi yetarli darajada emasligi, mavjud inventarlarning esa eskirgani yoki son jihatdan kamligi aniqlandi. Bu holat o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida maktab sport zaliga zarur bo‘lgan sport inventarlari ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek, ushbu masalani ijobiy hal etish uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi belgilandi.

Yakuniy xulosa sifatida, mas’ul tashkilot rahbarlariga deputat so‘rovi yuborish, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda maktabni zarur sport jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan aniq kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 2