Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
4 Yanvar — Vatan Himoyachilari Kuni

14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtdoshlarimiz mar­dlik, jasorat va Vatan oldidagi fidoyilik timsoli bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot organlari xodimlariga chuqur hurmat va minnatdorchilik bildiradi.

Shu munosabat bilan Mirobod tuman Kengashi raisi Qayumov Xayrullo, Kengash kotibiyati rahbari Karimov Avaz hamda “Tong Yulduzi” mahallasi raisi Murodov Kamoliddin “Sihatgoh” sanatoriyasi jamoasi bilan uchrashib, ularni bayram bilan samimiy tabrikladilar. Uchrashuvda sanatoriya jamoasining aholi salomatligini mustahkamlash va yurtdagi ijtimoiy faoliyatdagi hissasi alohida e’tirof etildi.

Tadbirda: harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot organlari xodimlariga mustahkam sog‘liq, oila tinchligi, xizmatlarida ulkan yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilandi. Vatan oldidagi muhabbat va sadoqat har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi ta’kidlandi.

Toshkent shahar, Mirobod tuman Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev 2025-yilning 4-choragida 8-Fayziobod saylov okrugi mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, faoliyati bo‘yicha hisobot berdi.

Uchrashuvda: Mirobod tuman Kengashi deputatlari M.Masharipov, T.Gribanova, A.Eshmatov, M.Mullaboev, B.Boltaeva, X.Kayumov va D.Giyasov ham o‘z hisobotlarini taqdim etdilar. 

Majlislar O‘zbekiston Temir Yo‘llariga qarashli “Sihatgoh” zalida o‘tkazilib, Yangi Zamon, Banokatiy, Furqat, Fitrat, Oltinko‘l, Sariko‘l, Qorasuv, Oq Uy, Fayziobod, Tong Yulduzi, Inoqobod kabi mahallarda yashovchi fuqarolar va yoshlar faol ishtirok etdilar.

Uchrashuvda deputatlar aniqlangan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar va bajarilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Slide 1 of 9