Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtivoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish muassasi faoliyatini o‘rgandi
Tumanda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi:

Termiz tuman hokimligi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda prokuror, tuman deputatlari, tashkilot rahbarlari, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, bu borada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Tuman prokurori o‘z chiqishida shunday dedi:

“Korrupsiya — bu jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi eng katta illatdir. Uni yo‘qotish uchun har bir rahbar, har bir xodim o‘z faoliyatida halollik, mas’uliyat va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilishi zarur.”

Shuningdek, yig‘ilish davomida tuman miqyosida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, davlat xizmatlarida shaffoflikni oshirish hamda fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarda ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilab olindi.

Prokuror korrupsiyaning huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi, shuningdek, korrupsion holatlar haqida anonim tarzda xabar berish imkoniyatlari haqida eslatib o‘tdilar.

Xulosa

Tadbir yakunida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish – faqat davlat idoralari emas, balki butun jamiyatning burchi ekanligini ta’kidlab, bu borada birgalikda harakat qilish zarurligini qayd etdilar.

Slide 1 of 5