Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг газ таъминоти билан боғлиқ муаммоларини хал этди.
янв.21
Депутат Ички Ишлар ходимларига Маънавият соатида "Қатағон қурбонлари-миллат фидоилари" мавзусида дарс ўтди.
янв.21
Депутат фуқаролар учун бепул тиббий кўрик ташкил қилишга кўмаклашди.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутатлар ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўзи назоратига олишди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат халқнинг ишончли вакили хисобланади.
янв.21
Депутат томонидан фуқаролар учун сайёр қабул ўтказилди.
янв.21
Депутат тадбиркорлар билан учрашув ўтказди.
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi va maktabdagi 2025-2026 o'quv yiliga ko'rilayotgan tayyorgarlik bilan tanishdi

Deputat saylovchilar oldida axborot berdi va maktabdagi tayyorgarlik bilan tanishdi

2025-yil 31-iyul kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-saylov okrugi deputati Shakarov Faxriddin Muhammadovich tomonidan “Yangi Obod” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat o‘zining 2025-yil davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi. Jumladan, hududda hal etilgan muammolar, aholining murojaatlari asosida ko‘rilgan choralar, ijtimoiy sohalar, bandlik, obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar xolisona yoritib berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan ushbu mahallada joylashgan 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Maktabda olib borilayotgan ta’mirlash, jihozlash ishlari, o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlash holati, xavfsizlik va sanitariya talablariga rioya qilinishi masalalari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida aniqlangan ayrim muammolar joyida ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputat mahalliy ta’lim muassasalarining holati doimiy e’tiborda bo‘lishi lozimligini, bolalar uchun munosib o‘quv muhitini yaratish ustuvor vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi. 

Slide 1 of 4