Sherobod tumanida 41-son manzil koloniyasi Tarbiyaviy ishlar bo‘linmasi hamda Sherobod tumani Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi xodimi, Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashi deputati, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi A. To‘xtashov bilan hamkorlikda davra suhbatlari o‘tkazildi.
Koloniya hududida jazoni o‘tayotgan 30 nafar yosh mahkumlarga yoshlarga mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish va hayotda to‘g‘ri tanlov qilishning muhimligi haqida tushuntirishlar berildi.