TUMAN RAISI LAVOZIMGA KIRISHDI
Bugun 28-iyul kuni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashiga yangi rais saylanganligi munosabati bilan partiya viloyat Kengashi raisi B.Tashev, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari R.Valiyeva, F.Temirov, M.Muqimova, tegishli masʼullar va faollar ishtirokida tuman Hokimligida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda qatnashganlar Qiziltepa tumanida olib borilayotgan tizimli ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi xususida soʻz yuritdi, qolaversa, tumanga saylangan H.Istamovaga kelgusi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.