Xalq deputatlari Qizriq tuman kengashi deputati Bo‘tayeva Baxtigul Aabraxmatovna tumanning Yangiobd mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi xodimlarining ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishib chiqdi. Xodimlar faoliyatini o‘rganish jarayonida yo‘l qo‘yib kelingan mavjud xató va kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla aholisining bandligini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, Obod xonadon, Obod ko‘cha va Obod mahalla tamoyillari asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan zarur uslubiy ko‘rsatmalar berib o‘tdi.