Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.A.Usmonov tomonidan “Tolzor” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan fuqarolar qabuli davomida navbatdagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Qabul jarayonida Amir Temur ko‘chasi 24-uy, 5-xonadonda yashovchi fuqaro F.Gimaziyeva tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mahalla hududida bolalar maydonchasini barpo etish masalalarida amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qildi.

Murojaat davomida hududda bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi va xavfsiz dam olishi uchun zamonaviy bolalar maydonchasini tashkil etish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan o‘z taklif va istaklarini bildirdi.

Mazkur murojaatlar yuzasidan deputat, shahar hokimi M.A.Usmonov tomonidan masalalar shaxsiy nazoratga olinib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda atroflicha ko‘rib chiqish hamda amaldagi qonunchilik asosida ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2