Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Fuqarolar murojaati yuzasidan tezkor choralar belgilandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.A.Usmonov tomonidan “Tolzor” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan fuqarolar qabuli davomida navbatdagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Qabul jarayonida fuqaro D.Aminova avvalo farzandini uy-joy bilan ta’minlashda ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun M.A.Usmonovga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Shuningdek, fuqaro Amir Temur ko‘chasidagi 18-ko‘p qavatli uy oldida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan murojaat qilib, qurilish maydonida tozalik va sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etilishi, obyektni belgilangan me’yorlar asosida tartibli tashkil etish hamda atrofdagi aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish zarurligini ta’kidladi.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat, shahar hokimi M.A.Usmonov tomonidan masala zudlik bilan nazoratga olinib, qurilish jarayonida sanitariya va obodonlashtirish talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Qabul yakunida murojaatda ko‘tarilgan masalani qisqa muddatlarda ijobiy hal etish va qurilish ishlarini belgilangan tartib hamda amaldagi me’yoriy talablar asosida davom ettirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2