Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
“24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugidan saylangan deputati Sh.Allamurodova ishtirokida “Bog‘ishamol” mahallasida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida navbatdagi amaliy o‘rganish ishlari tashkil etildi.

💬O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda mahalla ijtimoiy xodimining ish samaradorligi atroflicha tahlil qilinib, aholi bilan ishlash tizimi, davlat dasturlari ijrosi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

💬Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

🟢Hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi;

🟢Xotin-qizlar faolining xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda muammolarni manzilli hal etish borasidagi faoliyati;

🟢Mahalla soliq inspektori tomonidan soliq intizomini mustahkamlash, soliq bazasini kengaytirish, norasmiy bandlikni qisqartirish va soliq qonunchiligi talablari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar.

💬Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga PF–116-son Farmon hamda KQ–360-V-son qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Yangi huquqiy hujjatlarda mahalla tizimidagi mas’ul xodimlarning vakolatlari, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, davlat organlari va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, mahalliy Kengashlarning nazorat vakolatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar alohida ta’kidlandi.

💬O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi hamda mahalla "yettiligi" faoliyatini qonunchilik talablari asosida yanada takomillashtirish, aholi bilan ishlash sifatini oshirish va mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🫥Joylardagi amaliy o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, qonunlar ijrosini ta’minlash va aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2