Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘shchinor saylov okrugi hududidagi "Gʻalchasoy" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuvlar va joyiga chiqib olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan Rudakiy hamda Munavvar ko‘chalarining texnik holati bilan bog‘liq muammolar bayon etildi.

Xususan, mazkur ko‘chalarda yo‘l qoplamasi eskirgani, ayrim uchastkalarda transport vositalari va piyodalar harakatlanishi qiyinlashgani, yog‘ingarchilik mavsumida esa fuqarolar uchun jiddiy noqulayliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan ko‘chalarning texnik holatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, ularni ta’mirlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda zarur hollarda tegishli dasturlarga kiritish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotdan mazkur murojaat yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar, ularning muddatlari hamda ko‘rilgan choralar bo‘yicha asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2