Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
янв.21
Sayqal MFYda suv ta’minoti tizimidagi nosozliklar bartaraf etilmoqda
янв.21
Madaniyat mahallasida mahalla yettiligi, faol nuroniylar hamda aholi bilan uchrashuv o‘tkazildiммммммм
янв.21
📍 Sirdaryo viloyatida tibbiyot infratuzilmasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti e’tiborda: Deputat 11-maktabdagi sport infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Guliston shahrida obodonlashtirish va sug‘orish tizimi bo‘yicha ishlar manzilli o‘rganildi
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Hech kim unutilmaydi, hech kim e’tibordan chetda qolmaydi, barcha harakatlarimiz – inson qadri uchun” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Andayev Axmad ham ishtirok etib, uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan faxriy tibbiyot xodimlariga hurmat va ehtirom bildirdi.

Tadbir davomida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan xodimlar hamda hozirgi kunda qarilik nafaqasida bo‘lgan faxriy tibbiyot xodimlariga O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari Respublika Kengashi tomonidan tayyorlangan “Qadrnoma”lar va kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida ustoz va faxriylarning mehnatini qadrlash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish xalqimizning yuksak insoniy qadriyatlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 9