🏛 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi kotibiyati mudiri Voxid Xasanov tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyat filialida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
🏗 Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-93-son qarori asosida, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan holda amalga oshirilmoqda.
💰 Loyiha doirasida filial hududida 30 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish hamda uni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 8 mlrd 405 mln so‘mni tashkil etadi.
🔎 O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, sifati hamda belgilangan muddatlarga muvofiqligi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
🏥 Ushbu loyiha hududda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
📣 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.