Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
янв.21
Sayqal MFYda suv ta’minoti tizimidagi nosozliklar bartaraf etilmoqda
янв.21
Madaniyat mahallasida mahalla yettiligi, faol nuroniylar hamda aholi bilan uchrashuv o‘tkazildiммммммм
янв.21
📍 Sirdaryo viloyatida tibbiyot infratuzilmasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti e’tiborda: Deputat 11-maktabdagi sport infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Guliston shahrida obodonlashtirish va sug‘orish tizimi bo‘yicha ishlar manzilli o‘rganildi
янв.21
“Sohil” mahallasi ichki yo`llar holati o`rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi – ustuvor yo‘nalish
Nukus saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi

“Nukus” saylov okrugidan deputat N. Muminov tumanning chekka hududlaridan birida joylashgan mahallada olib borilayotgan ishlar, xususan soliq tizimi bo‘yicha yuklatilgan vazifalarning ijrosi bilan yaqindan tanishdi. Jarayonda soliq inspektori O. Karimov faoliyati ham atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur massiv tarkibiga kiruvchi 4 ta mahalla — Nukus, Sarimoy, Hazorasp va Tuproqqal’ada jami 2211 nafar jismoniy shaxs soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatda ekani aniqlandi. Ularning 479 nafari Nukus mahallasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan 169 ta yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan 42 tasi aynan Nukus mahallasida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu esa mazkur mahallaning iqtisodiy faolligi ma’lum darajada yuqori ekanini ko‘rsatadi.

2026 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, jismoniy va yuridik soliq to‘lovchilardan jami 775 million so‘m miqdorida soliq undirilgan. Bu ko‘rsatkich hududda soliq tushumlari barqaror shakllanayotganini bildiradi.

Biroq o‘rganish jarayonida ayrim muammolar ham aniqlandi. Xususan, mahalladagi fuqarolarning qariyb 80 foizi uy-joylariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirmagan. Ushbu holat kelgusida soliq bazasini kengaytirish hamda mulk huquqlarini himoya qilishda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu bilan birga, aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida ham ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, mahalladagi 30 nafar fuqaroga o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilib, ularning daromad manbaini shakllantirishga ko‘maklashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, soliq intizomini mustahkamlash hamda aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 1