Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi joyida o‘rganildi: muammo bartaraf etildi
янв.21
Deputat nazoratida: Guliston shahrida qurilayotgan gandbol sport majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari nazoratda: Yangihayot mahallasida ichki yo`larni qurilish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Guliston shahar “Baxt” mahallasida dasturi ijrosi doirasidagi yo‘l infratuzilmasi ishlari nazoratga olindi
янв.21
Bahor va Ibratli mahallalarida ilgari aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar ijrosi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Guliston shahrida jamoat transporti: yangilanishlar va dolzarb masalalar
янв.21
Bog‘ishamol MFYda lotok o‘rnatish ishlari nazoratga olindi
янв.21
Kengash qarori
янв.21
Hudud tinchligi — ustuvor vazifa: muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qaror ijrosi amalda: o‘rganish natijalari
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

 XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda qator o‘rganish ishlari hamda tashkiliy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

📝 Batafsil: 👇

🗓 6-aprel, dushanba

🔺 Tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari bilan tajriba almashish ishlari olib boriladi.

🔺Shuningdek, 46-Olmos saylov okrugidagi mahalla yetakchilari bilan yoshlarga oid davlat siyosati doirasida hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.

👤 Mas’ul: D.Ravshanbekov

🗓 7-aprel, seshanba

🔺 36-Yunusota saylov okrugidagi mahallalarda deputat Botir Daminov tomonidan Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.

👤 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 8-aprel, chorshanba

🔺 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan aprel oyi uchun tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga muvofiq 7-Ming o‘rik saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkaziladi. Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilanadi.

👤 Mas’ullar: M. Yusupov, D. Xashimov

🗓 9-aprel, payshanba

🔺 Deputat Aziz Ibragimov tomonidan Shayxontohur tumanida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.

👤 Mas’ul: J. G‘ulomqodirov

🗓 10-aprel, juma

🔺 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlarining aprel oyi uchun tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga muvofiq, Olmazor tumanida deputatlar tomonidan Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari amalga oshiriladi.

👤 Mas’ul: J. G‘ulomqodirov

💡 Hududlarda olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuboriladi. Ularning ijrosi va natijalari tahlil qilinib, kelgusi haftaning ish rejasi shakllantiriladi.

🗣 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari —

D. Ravshanbekov, M. Yusupov, D. Xashimov, J. G‘ulomqodirov hamda S. Irgashev tomonidan doimiy nazoratga olinadi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)

Slide 1 of 1