Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
янв.21
Sayqal MFYda suv ta’minoti tizimidagi nosozliklar bartaraf etilmoqda
янв.21
Madaniyat mahallasida mahalla yettiligi, faol nuroniylar hamda aholi bilan uchrashuv o‘tkazildiммммммм
янв.21
📍 Sirdaryo viloyatida tibbiyot infratuzilmasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti e’tiborda: Deputat 11-maktabdagi sport infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Guliston shahrida obodonlashtirish va sug‘orish tizimi bo‘yicha ishlar manzilli o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Mirzaevning 2026 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti eshitildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Mirzaevning 2026 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti eshitildi.

Yig‘ilishni komissiya raisi E.Yunusov olib bordi. Unda komissiya a’zosi shahar hokimi Sh.Nisbatxonov hamda kotibiyat mudiri A.Ermatov ishtirok etdi.

Hisobotda qayd etilishicha, Marg‘ilon shahrida 2026 yil uchun belgilangan 82,2 mlrd so‘mlik kontingent reja 1-chorak davomida 19,3 mlrd so‘mga bajarilib, prognoz ko‘rsatkich (16,8 mlrd so‘m) 115,2 foizga ortig‘i bilan ta’minlandi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 1,6 mlrd so‘mlik o‘sishga erishilib, o‘sish sur’ati 109,3 foizni tashkil etdi.

Xususan, mart oyida belgilangan 6,5 mlrd so‘mlik reja 9,0 mlrd so‘mga bajarilib, 138,8 foizlik natija qayd etildi.

Mahalliy budjet daromadlari bo‘yicha ham ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi. Yillik 152,4 mlrd so‘mlik rejaning 38,5 mlrd so‘mi yoki 25,3 foizi bajarildi. Chorak uchun belgilangan 33,0 mlrd so‘mlik prognoz esa 116,6 foizga ado etilib, budjetga qo‘shimcha 5,5 mlrd so‘m mablag‘ jalb qilindi. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 107,6 foizni tashkil etdi.

Soliq qarzdorliklarini undirish borasida ham tizimli ishlar olib borilib, 1-chorak davomida 7,4 mlrd so‘m qarzdorlik qisqartirildi. Shunga qaramay, 2026 yil 1 aprel holatiga 8,6 mlrd so‘m qarzdorlik saqlanib qolmoqda.

Qo‘shimcha daromad manbalarini kengaytirish maqsadida 121 ta yuridik shaxs va 610 nafar yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 120 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati kengaytirilib, ularning tovar aylanmasi 3,2 mlrd so‘mga oshirildi. Shuningdek, 728 ta tadbirkor faoliyati tiklanib, 761 ta yangi ish o‘rni yaratildi hamda budjetga qo‘shimcha 311 mln so‘m tushum ta’minlandi.

Mahallalar daromad bazasini mustahkamlash borasida ham amaliy natijalarga erishildi. Chorak davomida 4,7 mlrd so‘m mablag‘ undirilgan bo‘lib, uning 10 foizi — 477,1 mln so‘m mahallalar hisob raqamlariga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar hududlarda infratuzilmani yaxshilashga xizmat qiladi.

Yig‘ilish davomida shahar hokimi Sh.Nisbatxonov so‘zga chiqib, erishilgan natijalarni ijobiy baholagan holda, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi: 

“Har bir tushum ortida aniq tizimli ish va mas’uliyat turibdi. Ayniqsa, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali budjet barqarorligini ta’minlash — ustuvor vazifamiz bo‘lib qolishi zarur”, — dedi hokim.

Yig‘ilish yakunida xisobot beruvchiga mavjud zaxiralarni ishga solish, soliq tushumlarini barqaror oshirish, qarzdorliklarni qisqartirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 7