Mamlakatimizda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyati xodimlari hamda deputatlari ko‘chat ekish tadbirida faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududlar maydonini kengaytirish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida turli manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash va ularni asrab-avaylash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.