Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va saylovchilar: ochiq muloqot — muammolar yechimi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, dolzarb muammolarni o‘rgandi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalardagi muammolar va rejalar muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimi va nazorat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ijrosi — fuqarolar manfaati kafolati
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi va kelgusidagi vazifalar muhokamada
янв.21
Deputat o‘rganishlari: Maqsad – yoshlar sportini rivojlantirish
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
янв.21
AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
⚡ Deputat so‘rovi natijasida muammo hal etildi⚡

Ellikqal’a tumani Do‘stlik OFY hududida xalq deputatlari tuman Kengashiga 10-sonli “Adil” saylov okrugidan saylangan deputat Karimov O‘rinbay Tangribergenovich tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolarning bir qator murojaatlari tinglandi. 

 Jumladan, fuqaro Jumaniyazov Reyimbay tomonidan Adil aholi punktidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat qilindi. 

Murojaatda aytilishicha, mazkur hududga yangidan 900 metr SIP kabel tortib kelingan bo‘lsada, u hozirgi kunga qadar transformatorga ulanmagani sababli aholi elektr ta’minotidan to‘liq foydalana olmayotgani bildirildi. 

Ushbu masala deputat tomonidan nazoratga olinib, “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ Ellikqal’a tumani elektr ta’minotiga deputat so‘rovi yuborildi. So‘rov asosida muammo joyiga chiqib o‘rganildi va tegishli amaliy choralar ko‘rildi. 

Olib borilgan ishlar natijasida Adil aholi punktiga tortib kelingan 900 metr SIP kabel transformatorga ulandi. 

Shu tariqa mazkur hududda yashovchi aholi elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanishiga erishildi. 

Bugungi kunda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda aholi turmush
sharoitini yanada yaxshilash yo‘lida izchil ishlar olib borilmoqda.
 

Deputat tomonidan saylovchilar bilan muloqotlar davom ettirilib, ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Slide 1 of 3