Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va saylovchilar: ochiq muloqot — muammolar yechimi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, dolzarb muammolarni o‘rgandi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalardagi muammolar va rejalar muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimi va nazorat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ijrosi — fuqarolar manfaati kafolati
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi va kelgusidagi vazifalar muhokamada
янв.21
Deputat o‘rganishlari: Maqsad – yoshlar sportini rivojlantirish
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
янв.21
AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
Marg‘ilon shahrida shahar hokimi, shahar Kengashi deputati Shukurulloxon Nisbatxonov ishtirokida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida hudud aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarni qiziqtirayotgan masalalar, hududni rivojlantirishga doir taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Uchrashuvda ayniqsa nuroniylar bilan samimiy suhbat tashkil etildi. Yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlar tomonidan mahalla hayoti, yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy muammolar hamda hududni yanada obod qilish borasida qimmatli fikr va mulohazalar bildirildi.

Shukurulloxon Nisbatxonov nuroniylarning hayotiy tajribasi, maslahatlari jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, ularning taklif va murojaatlari doim e’tiborda bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, uchrashuv davomida aholining muammolarini o‘rganish, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi aytib o‘tildi.

Slide 1 of 4