Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va saylovchilar: ochiq muloqot — muammolar yechimi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, dolzarb muammolarni o‘rgandi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalardagi muammolar va rejalar muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimi va nazorat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ijrosi — fuqarolar manfaati kafolati
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi va kelgusidagi vazifalar muhokamada
янв.21
Deputat o‘rganishlari: Maqsad – yoshlar sportini rivojlantirish
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
янв.21
AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
27-maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Xolmatova hududdagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbari A.Karimjonov hamda o'qituvchilar bilan ko'rishib maktabdagi ilg'or o'quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvdan asosiy maqsad yoshlarning muammolari, qiziqishlari hamda kelajakdagi rejalari bilan tanishish, ularni qo‘llab-quvvatlash va foydali tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida o‘quvchilar bilan samimiy suhbat olib borilib, ularning ta’limga bo‘lgan qiziqishi, kasb tanlash masalalari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarni ilm-fan, sport va turli to‘garaklarga jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ularga batafsil javoblar berildi. Tadbir yakunida yoshlar o‘z oldilariga katta maqsadlar qo‘yib, kelajakda Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishga chaqirildi.

Slide 1 of 5