Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va saylovchilar: ochiq muloqot — muammolar yechimi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, dolzarb muammolarni o‘rgandi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalardagi muammolar va rejalar muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimi va nazorat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ijrosi — fuqarolar manfaati kafolati
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi va kelgusidagi vazifalar muhokamada
янв.21
Deputat o‘rganishlari: Maqsad – yoshlar sportini rivojlantirish
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
янв.21
AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 17-Bo‘rsiliq saylov okrugidan saylangan deputat Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tegishli kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi. Uchrashuvda deputat tomonidan 2025-yil davomida saylov okrugi tarkibidagi mahallalarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etildi. Jumladan, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni hal etish borasida olib borilgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot ruhida o‘tkazilib, yakunda aholi tomonidan ko‘tarilgan mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.  

Slide 1 of 5