Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va saylovchilar: ochiq muloqot — muammolar yechimi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, dolzarb muammolarni o‘rgandi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalardagi muammolar va rejalar muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimi va nazorat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ijrosi — fuqarolar manfaati kafolati
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi va kelgusidagi vazifalar muhokamada
янв.21
Deputat o‘rganishlari: Maqsad – yoshlar sportini rivojlantirish
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
янв.21
AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Xalnisa Shayimova “Paxtakor” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tuman Obodonlashtirish bo‘limi, Tuman oqova suv ta’minoti xizmati, tuman irrigatsiya bo‘limi hamda tuman elektr ta’minoti korxonasi vakillari ishtirok etdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbir qizg‘in savol-javoblar, taklif va munozaralar bilan davom etdi.

Uchrashuv davomida quyidagi muammolar ko‘tarildi:

“Zulfiya” ko‘chasi holati. Mazkur ko‘chada yashovchi fuqarolar tomonidan yo‘lning loy, botqoq va o‘nqir-cho‘nqir holatga kelib qolgani, natijada bolalar maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnashda qiyinchilikka duch kelayotgani bildirildi.

“Ozodlik” qishlog‘ida sug‘orish suvi muammosi. Tomorqalardan samarali foydalanish uchun suv yetishmovchiligi mavjudligi ta’kidlandi. “Markaz” mahallasidan keladigan ariq ko‘milib ketgan. 12 ta ko‘chadan faqat Namuna va Behbudiy ko‘chalaridagi ariqlarga suv yetib kelmoqda, qolgan 10 ta ko‘cha ariqlari suv yo‘qligi sababli ko‘milib ketgan. Shuningdek, Do‘stlik kanalidan keladigan lotoklardan xonadonlarga quloq chiqarilmagan. Qishloqqa kiraverishdagi drenaj tarmog‘ini ta’mirlash zarurligi qayd etildi.

Elektr ta’minoti masalasi. Ayrim xonadonlardagi talabga javob bermaydigan simyog‘ochlarni yangilash zarurligi ta’kidlandi.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3