Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va saylovchilar: ochiq muloqot — muammolar yechimi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, dolzarb muammolarni o‘rgandi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalardagi muammolar va rejalar muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimi va nazorat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ijrosi — fuqarolar manfaati kafolati
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi va kelgusidagi vazifalar muhokamada
янв.21
Deputat o‘rganishlari: Maqsad – yoshlar sportini rivojlantirish
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
янв.21
AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
Deputat mahallada amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi

Deputat mahallada amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi

Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish maqsadida deputat Karomat Mamanova "Suvonobod" mahalla fuqarolar yig'iniga tashrif buyurib, “yettilik” tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.

Tashrif davomida hududni obodonlashtirish, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilash borasida bajarilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilgan manzilli yordam ishlari o‘rganildi.

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan ham ma’lumotlar olindi.

Tashrif davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar – atroflicha o'rganildi. Har bir holat joyida tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 4