Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va saylovchilar: ochiq muloqot — muammolar yechimi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, dolzarb muammolarni o‘rgandi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalardagi muammolar va rejalar muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimi va nazorat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ijrosi — fuqarolar manfaati kafolati
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi va kelgusidagi vazifalar muhokamada
янв.21
Deputat o‘rganishlari: Maqsad – yoshlar sportini rivojlantirish
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
янв.21
AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputatlar tomonidan a nazorat tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi 5-Seplon saylov okrugidan saylangan deputat M. Narbasheva hamda Sherobod tumani Kengashi 8-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputat S. Irisovlar tomonidan "Mehnatobod" mahallasidagi 19-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi.

Mazkur nazorat tadbiri davomida maktabning sport zali, undagi sport anjomlari, ularning texnik holati, shuningdek, mahalla hududidagi bolalar uchun mo‘ljallangan sport inshootlari atroflicha o‘rganildi. Sport zalining mavjud sharoitlari, inventarlarning foydalanishga yaroqliligi hamda xavfsizlik talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Ta’lim muassasasida o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Deputatlar tomonidan ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda mavjud infratuzilmani mustahkamlash masalalari doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 6