Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va saylovchilar: ochiq muloqot — muammolar yechimi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, dolzarb muammolarni o‘rgandi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalardagi muammolar va rejalar muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimi va nazorat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ijrosi — fuqarolar manfaati kafolati
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi va kelgusidagi vazifalar muhokamada
янв.21
Deputat o‘rganishlari: Maqsad – yoshlar sportini rivojlantirish
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
янв.21
AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
23-Nayman saylov okrugida aholi salomatligi yo‘lida muhim tashabbus

23-Nayman saylov okrugi tuman Kengash deputati Nurmamatova Sadoqat tashabbusi bilan Qozoq Nayman, Mirzato’p hamda Nayman mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Mazkur tibbiy ko‘rik zamonaviy, yuqori aniqlikka ega diagnostik uskuna va apparatlar asosida o‘tkazildi. Fuqarolar malakali shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lig‘i bilan bog‘liq mavjud muammolar erta bosqichda aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tashabbus doirasida ayniqsa yoshi katta fuqarolar, surunkali kasallikka chalingan bemorlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga alohida e’tibor qaratildi. 

Ko‘rik jarayonida zarur tavsiyalar berildi va qo‘shimcha tekshiruv hamda davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim etildi.

Mazkur amaliy tashabbus aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish hamda hududda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1