Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
янв.21
Sayqal MFYda suv ta’minoti tizimidagi nosozliklar bartaraf etilmoqda
янв.21
Madaniyat mahallasida mahalla yettiligi, faol nuroniylar hamda aholi bilan uchrashuv o‘tkazildiммммммм
янв.21
📍 Sirdaryo viloyatida tibbiyot infratuzilmasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti e’tiborda: Deputat 11-maktabdagi sport infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Guliston shahrida obodonlashtirish va sug‘orish tizimi bo‘yicha ishlar manzilli o‘rganildi
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.

 Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashiga 23-Boshchorbog‘ saylov okrugidan saylangan Normurot Umarov tumanning Sarchashma mahallasida mahalla
yettiligining faoliyatini o‘rgandi.
 

O‘rganish davomida deputat tomonidan hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish,
hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berilib aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan vazifalar ham belgilab olindi
. 

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Deputat tomonidan har bir murojaat alohida qayd etilib, ularni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli tuman tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatili belgilab
olindi.
 

Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topishda muhim
ahamiyat kasb etadi
.  

Slide 1 of 5