Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va saylovchilar: ochiq muloqot — muammolar yechimi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, dolzarb muammolarni o‘rgandi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalardagi muammolar va rejalar muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimi va nazorat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ijrosi — fuqarolar manfaati kafolati
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi va kelgusidagi vazifalar muhokamada
янв.21
Deputat o‘rganishlari: Maqsad – yoshlar sportini rivojlantirish
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
янв.21
AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
Deputatning bir kuni

Deputatning bir kuni

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Rajabova tomonidan "Do‘stlik" mahallasi aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolarini bevosita tinglash hamda ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar, yer ajratish, tibbiy xizmat sifati hamda infratuzilma masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga qonuniy tartibda so‘rov yuborilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi. Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Deputat tomonidan kelgusida ham aholi bilan muntazam ravishda individual va ommaviy uchrashuvlar o‘tkazilishi, fuqarolarning muammolarini hal etishda faol ishtirok etilishi ta’kidlandi.    

Slide 1 of 1