Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sayqal mahallasi aholisi murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi hayot mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Y. Usmonova Bahor mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Raxmatjon Maksumov tomonidan Sayqal mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi – ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim dastur
янв.21
Ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili
янв.21
Prezident murojaatnomasi mazmun-mohiyati hududlarga chiqib aholi o‘rtasida yetkazilmoqda.
янв.21
Prezident murojaatnomasi mazmun-mohiyati hududlarga chiqib aholi o‘rtasida yetkazilmoqda.
янв.21
Deputat va yoshlar
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi
#DEPUTAT_UCHRASHUVI

 Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan navbatdagi davra suhbati Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qarshiyev Muzaffar Mirzaxmadovich ishtirokida tumanning “Jobu” va “Nurofshon” mahallalarida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mahalla faollari, xotin-qizlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. 

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, ayniqsa, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Murojaatnomada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda ta’lim va kasb-hunar egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi. 

Shuningdek, davra suhbatida mahalla tizimining xotin-qizlar bilan manzilli ishlashdagi roli, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, ayollar muammolarini joyida aniqlab, tezkor hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ayollarning jamiyat hayotidagi faolligi, ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ishtirokini kuchaytirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili ekani alohida qayd etildi. 

Deputat tomonidan Prezidentimiz tashabbuslari asosida davlat boshqaruvi va mahalla institutini yanada takomillashtirish, ayniqsa, xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirib berildi. Mahalla orqali ayollar bandligini ta’minlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. 

Tadbir yakunida Murojaatnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda davlat organlari, mahalla faollari va, eng avvalo, xotin-qizlarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga egaligi qayd etildi. Jamiyat taraqqiyoti, oila mustahkamligi va Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ayollarning o‘rni beqiyos ekani, har bir fuqaro bu jarayonda mas’uliyat bilan qatnashishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 3