Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida o‘rganishlar olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida

aholi turmush darajasini oshirish, oilalarning iqtisodiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda.

G‘ozg‘on shahrida ushbu dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida 2-“Shayxon” saylov okrugidan

saylangan xalq deputatlari shahar Kengashi deputati F.Hojiyev tomonidan tahliliy o‘rganishlar olib borildi.

G'ozg'on shahrida ushbu dastur asosida fuqarolarga moliyaviy yordam paketi bilan birgalikda, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash,

o‘z tomorqasini daromad manbaiga aylantirish imkoniyatlari berilishi orqali ularning iqtisodiy mustaqilligi va farovonligi ta’minlanmoqda.

Slide 1 of 7