Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati F. Hojiyev Ekologik partiyasi G‘ozg‘on shahar Kengashi raisi O. G‘afforov bilan hamkorlikda o‘z hududidagi 3-sonli umumta’lim maktabida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati, sinfxonalarda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda binoning mavsumga tayyorligi masalalariga e’tibor qaratildi.

🔎Maqsad — qish mavsumida o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay hamda xavfsiz ta’lim muhitini yaratish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilash.