Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI

Sizlar yurtimizning ertangi kuni, xalqimizning eng katta boyligi va kelajagimizning mustahkam tayanchisiz. Bugun mamlakatimizda sizlarning sog‘lom, bilimli, baxtli va
barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishingiz uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

Ilm-fan, sport va ijod yo‘lida ulkan yutuqlarga erishishingizni, ezgu orzu-intilishlaringiz ro‘yobga chiqishini tilayman.

Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan mehr-muhabbat, shijoat va intilish hech qachon arimasin. Ota-onangiz, ustozlaringiz va Vatanimiz faxri bo‘lib ulg‘aying.

Sizlarning beg‘ubor kulgingiz, quvonchingiz va baxtiyor hayotingiz biz uchun eng katta quvonchdir.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Ro‘ziyev Zuxriddin Muhiddinovich-Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi raisi.