Yangiliklar

DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi raisi Z.Ro‘ziyev hamda G‘ozg‘on shahar Kengashi Kotibiyati mudiri F.Hojiyev tomonidan hududdagi avtobus bekatlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bekatlarning sanitariya holati, aholiga yaratilgan qulayliklar, yo‘lovchilar uchun kutish sharoitlari, xavfsizlik talablari hamda ayrim bekatlarning ta’mirtalab holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz jamoat transporti infratuzilmasini shakllantirish, bekatlarni tartibga keltirish va ularni zamonaviy ko‘rinishda tashkil etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, avtobus bekatlarining holatini yaxshilash hamda aholiga yanada qulay sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishlicha maʼlum qilindi.

Slide 1 of 5