Saylovchilar murojaati e'tiborda:
“Yangi ro‘zg‘or” saylov okrugidan saylangan deputat S.Toxirov nomiga “Yangi ro‘zg‘or” mahallasi, T.Xasanov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan jamoaviy murojaat kelib tushdi.
Murojaatda qayd etilishicha, mazkur ko‘cha bugungi kunda yaroqsiz holga kelib qolgan, yo‘lning notekisligi va chuqurliklar aholi hamda haydovchilar uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
Mazkur holat yuzasidan deputat S.Toxirov tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborildi.