Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUSTAQILLIK — MILLIY G'URUR VA TARAQQIYOT POYDEVORI !
янв.21
Yoshlarning zamonaviy bilim va ko`nikmalarni egallashi – yurtimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir.
янв.21
BUNYOD ETILAYOTGAN "BULOQI NAV" CHASHMASI QURILISH MAYDONIDA QURBONLIK QILINDI
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI
янв.21
Yo‘llarda adolat va xavfsizlikni ta’minlash – barchamizning burchimiz!
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, Adolat SDP shahar Kengashi raisi Sharipov Odiljon Shafiyevich “Odam savdosiga qarshi kurashish” doirasida seminar-trening o‘tkazdi.
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN
янв.21
"30-iyun – Yoshlar kuni"
MUNOSABAT

 Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev
hamrohligida Ag‘dam shahridagi “Imorat” tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrifi ikki qardosh xalq o‘rtasidagi mustahkam aloqalarning yana bir yorqin dalilidir.
 

G‘ozg‘on shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati sifatida, ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga
asoslangan munosabatlarning yuksak darajada ekanligini yana bir bor tasdiqlashini alohida ta’kidlamoqchiman.
 

Ag‘dam shahrining tarixiy-me’moriy obidasi bo‘lgan “Imorat” majmuasiga tashrif, O‘zbekiston rahbarining Ozarbayjon madaniyati va tarixiga bo‘lgan hurmatini ifoda etadi.
Bu, shuningdek, O‘zbekistonning Ozarbayjonning o‘z hududlarini qayta tiklash va obodonlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashining ramziy ifodasidir.
 

Sammit doirasidagi ushbu tashrif, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-sotiqni rivojlantirish va qo‘shma
investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ishonamanki, ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi va xalqlarimizning farovonligiga xizmat qiladi. 

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati Hojiyev Farxod Yusupovich