Unda deputatlar va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda tumanda “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish" masalasi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar muhokoma qilindi. Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritish va daromadlarni yashirishning oldini olish; qurilish ob’yektlarida va xizmat ko‘rsatish sohasidagi norasmiy mehnat faoliyatini yuritish, ish haqini «konvertda» to‘lash holatlarini aniqlash va bartaraf etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Ma’sullarning hisoboti tinglanib kun tartibidagi masala bo‘yicha komissiyalarning qo‘shma qarori qabul qilindi.