Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
«O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonuniga amal qilishi lozimligi
янв.21
Tuman Yoshlar ishlari boʻlimida Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari ishtirokida tumandagi Madaniyat va sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Yigʻilishda madaniyat, sport va aholi dam olish jamoat joylaridagi infratuzilma obyektlarining holati, sanʼat va sport yoʻnalishlariga yoshlarni keng jalb qilish, qoʻshimcha imkoniyatlarni ishga solishga oid dastlabki maʼlumotlar oʻzaro almashildi. 10 - mart sanasidan boshlab tuman Kengashi deputatlari Yoshlar ishlari boʻlimi, Madaniyat boʻlimi va sport maktablari bilan hamkorlikda mazkur masalani joylarga borib oʻrganish boʻyicha kelishib olind
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari va Adolat sotsial demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorligida tuman Tibbiyot birlashmasi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi va Jamoat fondi vakillaridan iborat ishchi guruh Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi hamda Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tomonidan olib borilgan nazorat - tahlil tadbirlari natijasi yuzasidan viloyat va tuman Kengashlari Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Chirchiq shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining aholi bilan uchrashuvi

 Chirchiq shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy
komissiyasi raisi, deputat Alisher Abdullayev va uning o‘rinbosari deputat
Zokir Xalmuxamedov Quyosh MFYda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
 

Uchrashuv Chirchiq shahar hokimining murojaatlar telegram kanaliga kelib tushgan
murojaatlar asosida tashkil etildi. Fuqarolar MCHJ BSK "Jewellery
Stroy" boshqaruv servis kompaniyasining qoniqarsiz faoliyati, BSK
xodimlarining o‘z majburiyatlarini bajarmayotganligi bo‘yicha murojaat
qilishgan.
 

Uchrashuv davomida deputatlar uy-joy egalarining shikoyat va e’tirozlarini tingladilar.
Fuqarolar tomonidan MCHJ "Jewellery Stroy" BSK faoliyatidan
qoniqmaganliklari sababli, ushbu BSK bilan shartnomani bekor qilish va boshqa
BSKni tanlash masalasi ko‘tarildi.
 

Muhokamalardan so‘ng, yaqin kunlar ichida Quyosh MFYdagi ko‘p qavatli uylar mulkdorlarining
umumiy yig‘ilishini o‘tkazish va yangi BSK tanlab, u bilan shartnoma tuzish
bo‘yicha qarorga kelindi.
 

Shuningdek, deputatlar mahalla faollari bilan birgalikda Quyosh MFY hududini aylanib
chiqdilar. Asosiy e’tibor sug‘orish tizimlarini yaxshilash va modernizatsiya
qilish, yashil maydonlarni ko‘paytirish, ko‘p qavatli uylar atrofida mevali
daraxtlar, uzumzorlar va butalar ekish masalalariga qaratildi.
Mazkur masalalarni
hal etish maqsadida kelgusida ham birgalikda maslahatlashuvlar va uchrashuvlar
o‘tkazib borish kelishib olindi.
 

Slide 1 of 3