Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
24 tavsiya ijrosi doirasida Andijon MFYda tushuntirish ishlari olib borildi

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tushuntirish va o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan Andijon MFYda tushuntirish ishlari olib borildi.

Tushuntirish ishlari davomida mahalla yettiligi bilan birgalikda 24 tavsiyaning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, Andijon MFY hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini sifatli tashkil etish, ichki ko‘chalar va jamoat joylarining ozodaligini ta’minlash hamda aholi yashash hududlarini yanada obod va fayzli maskanga aylantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4