Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
#Kengash_va_deputatlar_haqida

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 2–Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati Javliyev Ravshan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.Mazkur o'rganishda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Chorieya ham ishtirok etdi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilinib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Aniqlanishicha, joriy davrda 10 nafar yoshning bandligi ta’minlangan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromad manbaini yaratish maqsadida 8 nafar yoshga subsidiya ajratilgan. Bundan tashqari, 2 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratilib, ularning o‘z biznesini boshlashi uchun zarur sharoit yaratilgan.

Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka keng jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3