35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
янв.21
📊 Deputat so‘rovlari ijrosi:
янв.21
Jiydali mahallasida kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A.Ismoilov tomonidan Qo‘ytosh ko‘li turizm obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqov tomonidan tumanning “Xumson” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi M.Raxmedovning
O‘rganish davomida mahallada istiqomat qilayotgan yoshlarning ijtimoiy holati, ta’lim olayotgan, ishlayotgan va vaqtincha ishsiz bo‘lgan yoshlar bilan ishlash holati tahlil qilindi. Ayniqsa, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, yoshlarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, ularni sport, madaniyat, san’at, ta’lim va boshqa ijtimoiy foydali mashg‘ulotlarga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ishlar holati ham tahlil qilindi.

🔺Deputat tomonidan ishsiz yoshlarni aniq maqsadli qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2