35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
янв.21
📊 Deputat so‘rovlari ijrosi:
янв.21
Jiydali mahallasida kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A.Ismoilov tomonidan Qo‘ytosh ko‘li turizm obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🤝 DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati Mamadiyor Madarkulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shuhrat Xo‘janazarov tomonidan Dehqonariq MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📌 Uchrashuv Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, unda deputat va mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, mavjud muammoli masalalar hamda aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha birgalikda ish olib borish masalalari muhokama qilindi.

👥 Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolariga har bir xodimning o‘z vazifalari taqsimoti asosida ishni samarali tashkil etish, deputat bilan o‘zaro hamkorlikda hududdagi dolzarb masalalarni joyida o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash yuzasidan tavsiyalar berildi.

✅ Uchrashuv yakunida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olinib, deputat va mahalla yettiligi o‘rtasida hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 4