35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
янв.21
📊 Deputat so‘rovlari ijrosi:
янв.21
Jiydali mahallasida kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A.Ismoilov tomonidan Qo‘ytosh ko‘li turizm obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Nazorat tadbirlari davomida Islom Karimov ko‘chasi va 7x7 ko‘chalari kesishmasi hududida ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan avariya sababli toza ichimlik suvi uzoq vaqt davomida oqib, isrof bo‘layotgani, hududning sanitariya holati yomonlashib, fuqarolar harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.

Shuningdek, mazkur avariya oqibatida ichimlik suvi bosimi pasayib, mahalla aholisining suv ta’minotida uzilish va yetishmovchilik muammolari yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Deputat so‘rovida:
✅ ichimlik suvi quvuridagi avariyani zudlik bilan bartaraf etish;
✅ avariya yuzaga kelgan joyni to‘liq ta’mirlash;
✅ ichimlik suvi yo‘qotilishining oldini olish;
✅ amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🔹 Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.