35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
янв.21
📊 Deputat so‘rovlari ijrosi:
янв.21
Jiydali mahallasida kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A.Ismoilov tomonidan Qo‘ytosh ko‘li turizm obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
#deputat_soʻrovi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich deputatlik so‘rovi yoʻlladi.

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Artikov Davron Omarbayevich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ta'lim tizimini rivojlantirish, o'quvchilarning zamonaviy maktablarda ta'lim olishiga sharoit yaratish maqsadida Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig'i v.v.b A.Jienbaevga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig'i v.v.b A.Jienbaevga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢“Naymanko‘l” OFY hududidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga yetishmayotgan sport inventarlari, o‘quv xonalari uchun partalar hamda qozonxonalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ushbu masalani qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, qanday ishlar rejalashtirilganligi haqida ma’lumot berishni yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishini so‘radi.

📥 Deputat Artikov Davron Omarbayevich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, ta'lim tizimini rivojlantirish, o'quvchilarning zamonaviy maktablarda ta'lim olishiga sharoit yaratishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Slide 1 of 2