35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
янв.21
📊 Deputat so‘rovlari ijrosi:
янв.21
Jiydali mahallasida kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A.Ismoilov tomonidan Qo‘ytosh ko‘li turizm obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
#deputat_hududlarda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolovlar hamkorligida «Darveshi» mahallasida aholi bilan ochiq muloqot shaklida sayyor qabul o‘tkazildi.
🌏Unda mahalla aholisining murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tartibda chora ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Sayyor qabul davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda murojaatlarning qonuniy va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
🌏Shuningdek, aholiga O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘RQ-445-sonli Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
🌏Muloqot jarayonida fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilish huquqi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, shuningdek, murojaat qiluvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi muhim jihatlar haqida ma’lumotlar berildi.
🌏Sayyor qabullar aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, joylardagi muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🌏Bunday ochiq muloqotlar orqali fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish, ularning murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish hamda aholi va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqotni yanada mustahkamlash maqsad qilinmoqda.

Slide 1 of 3