Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi raisi R.Meliqo‘ziev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari va tuman tibbiyot birlashmasi rahbari B.Meliyev ishtirokida Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida ma’lum qilinishicha, 2025-yilda Furqat tumani tibbiyot birlashmasi uchun markazlashgan holda jami 17 turdagi 2 milliard 610 million so‘mlik zamonaviy tibbiy apparat va jihozlar xarid qilingan.

2026-yilda esa tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida 49 turdagi jami 5 milliard 491 million so‘mlik tibbiy apparat va jihozlar xarid qilinib, amaliyotga joriy etilgan.

Shuningdek, tibbiyot tizimida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida 2025-yilda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 51 dona 438,5 million so‘mlik hamda markazlashgan holda 50 dona 342,5 million so‘mlik monoblok kompyuterlar xarid qilindi.

2026-yilda esa “Tashabbusli budjet” loyihasining 1-bosqichi doirasida 70 dona monoblok kompyuter uchun 752,5 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Bundan tashqari, markazlashgan holda 1 dona noutbuk, 10 dona planshet hamda 2 dona noutbuk xarid qilinib, tibbiyot muassasalariga yetkazib berildi.

O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan tibbiyot muassasalarida zamonaviy texnologiyalar va tibbiy uskunalardan samarali foydalanish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1