Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
Urgut tumanidagi Mirzabog‘lon chep MFY hududida joylashgan 36-son oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o'rganildi.

Urgut tumanidagi Mirzabog‘lon chep MFY hududida joylashgan 36-son oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o'rganildi.

✍️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Boboyeva Hilola Bo'riyevna tomonidan Urgut tumani Mirzabog‘lon chep MFY hududida joylashgan 36-son oilaviy shifokorlik punkti faoliyati hamda aholiga yaratilgan tibbiy xizmat sharoitlari yaqindan o‘rganildi.

✍️ O‘rganish davomida muassasadagi davolash xonalari, bemorlarni qabul qilish jarayoni, dori-darmon ta’minoti, tibbiy jihozlarning holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, ichimlik suvi, elektr energiyasi hamda isitish tizimi holati ko‘zdan kechirildi.

✍️ Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, hudud aholisiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar bilan ishlash holati yuzasidan fikr almashildi.

✍️ Hududdagi muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5