35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jiydali mahallasida kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A.Ismoilov tomonidan Qo‘ytosh ko‘li turizm obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S. Ishimova tomonidan hududda aholi bilan ochiq muloqotlar olib borilib, fuqarolarning taklif va muammolarini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati I. Mamatqulov tomonidan tumandagi Olimlar mahallasida joylashgan “Aleya” bog‘i o‘rganildi.
янв.21
Deputat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish jarayoni bilan tanishdi
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizi 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizi 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizi “Katta Navbahor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi.

 Uchrashuvda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, yoshlar yetakchisi, xotin qizlar faoli hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

 Axborot davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari o‘rganilganligi, ularning asosida amaliy choralar ko‘rilganligi ta’kidlandi. 

 Shuningdek, deputat mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash, oilaviy muammolarni bartaraf etish hamda bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida ham o'rganish ishlari olib bordi.

 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan dolzarb masalalar ko‘tarildi.

 Yakunda bildirilgan barcha murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilishi, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 6